Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Rulsiz Tesla Model Y paydo boʻladi: Mask

Tesla olti yoki yetti yoʻlovchini tashiydigan, rul va pedallarsiz toʻliq avtonom Model Y versiyasini yaratishni rejalashtirmoqda, dedi Ilon Mask.

19-noyabr, 10:10По-русски

Read in English

tesla

Kompaniya ixcham haydovchisiz avtomobil — Cybercab konsepsiyasini sigʻimi kattaroq modelga tatbiq etmoqchi. DealBook sammitida Mask Model Yʼning bunday versiyasi yoʻlovchilar guruhlarini tashiy olishini, biroq uni boshqarib boʻlmasligini aytdi.

Maskning soʻzlariga koʻra, rulga ega oddiy Model Y hali uzoq vaqt buyurtma uchun mavjud boʻladi. Shu bilan birga, Tesla allaqachon Model Yʼdan avtonom avtomobillar parkida foydalanmoqda, ammo hozirgi mashinalarda boshqaruv vositalari saqlanib qolgan. Yangi modifikatsiyada ularni zavodning oʻzidayoq olib tashlash rejalashtirilmoqda.

Cybercab ikki yoʻlovchiga moʻljallangan. Maskning taʼkidlashicha, bunday konfiguratsiya yoʻlovchi tashish safarlarining 90 foiziga mos keladi, soddalashtirilgan salon esa avtomobil narxini 30 000 dollardan pastda ushlab turishga yordam beradi. Sigʻimi kattaroq avtonom Model Y oila yoki guruh uchun joy talab qilinadigan qolgan safarlarga xizmat qilishi kerak.

Tesla hozircha bunday mashinani xaridorlarga qachondan taklif qila boshlashini yoki u umuman xususiy xarid uchun mavjud boʻladimi-yoʻqmi, maʼlum qilgani yoʻq. Yaqinda Cybercab cheklangan miqdordagi tanlangan xususiy mijozlar uchun ochildi, biroq avtomobil faqat muayyan hududlarda ishlashi mumkin va oyiga 300 dollarlik avtonom haydash obunasini talab qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media