Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sharhlar

«Volga» yoʻnalishini oʻzgartirmoqda: Volga K50 test-drayvi

Volga K50 test-drayvida turbomotor va toʻliq uzatmali krossover yoʻlda oʻzini qanday tutishi hamda narxini qanchalik oqlashi sinovdan oʻtkazildi.

26-noyabr, 12:21По-русски

Read in English

autonews.ru

Qayta tiklangan brendning ilk modeli 238 ot kuchiga ega turbomotor, 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi va toʻliq uzatma tizimini oldi. Texnik jihatdan K50 Geely Monjaroʻga yaqin: model Geely va Volvo hamkorlikda yaratgan CMA platformasida qurilgan.

Krossover uchta ekran, oʻrindiqlarni shamollatish va haydovchi oʻrindigʻining massaj funksiyasiga ega keng salonga ega. Ikkinchi qatorda joy yetarli, yukxona hajmi esa 562 litrni tashkil etadi. Kamchiliklar qatorida Apple CarPlay va Android Auto adapterining noqulay ishlashi, shuningdek, tezlik cheklovlari haqidagi haddan tashqari bezovta qiluvchi ogohlantirishni qayd etish mumkin.

Avtomobil yettita harakatlanish rejimini taklif etadi. «Eko» rejimida gaz pedaliga javob biroz sustlashadi, uzatmalar qutisi esa yuqori uzatmaga keskin silkinishlarsiz ertaroq oʻtadi. «Komfort» universal rejim: osma yumshoqroq ishlaydi, reaksiyalar esa vazminroq boʻladi — motor ishga tushirilgach, aynan shu rejim har safar sukut boʻyicha yoqiladi. «Smart» qiziqroq: u haydash uslubiga moslashadi. Mashinani xotirjam boshqarsangiz, u shoshilmaydi; gazni faolroq bossangiz, reaksiyalar jonlanadi. «Sport» rejimida amortizatorlar qattiqlashadi, uzatmalar qutisi uzatmani uzoqroq ushlab turadi, gaz pedalining reaksiyasi esa oʻtkirroq boʻladi. Bu rejimda K50 kamroq ogʻadi va burilishlarga ishtiyoq bilan kiradi. Rul boshqaruvi aniq, reaksiyalar oldindan bashorat qilinadi: katta kuzovni yoʻnalishini oʻzgartirishga koʻndirishga hojat yoʻq. «Volga» sportkar boʻlmadi, biroq katta SUV uchun boshqaruvchanligi munosib.

Asfaltdan tashqarida harakatlanish uchun uchta rejim bor. «Qor» rejimi reaksiyalarni yumshatadi va ortiqcha gʻildirak sirpanishining oldini olish uchun joyidan qoʻzgʻalishda ikkinchi uzatmadan foydalanadi. «Qum» yumshoq qoplama uchun tortish kuchini sozlaydi, «Off-road» rejimida esa mufta bloklanadi, elektronika gʻildiraklararo blokirovkalar ishini ham yomon taqlid qilmaydi. Klirens 210 mm, shu bois krossover tuproq yoʻl va dala hovliga olib boradigan yoʻlni bemalol yenga oladi. Osma notekisliklarni yaxshi yumshatadi, biroq boʻylama toʻlqinlarda kuzov tebranishi mumkin. «Premium» versiyasining narxi — 56 400 dollar.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media