Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Mercedes-Benz soʻraydi: avtomobil oynalariga ham ekranlar joylashtirsak-chi?

Mercedes-Benz avtomobil oynalariga oʻrnatiladigan LED-displeylar va old oynadagi golografik proyeksiya konsepsiyalarini namoyish etdi. Har ikki texnologiya hozircha ishlab chiqilmoqda.

5-noyabr, 11:00По-русски

Read in English

media.mbusa.com

Kompaniya kelajakdagi avtomobillar uchun ikkita yechimning dastlabki koʻrinishini taqdim etdi: oynalarga oʻrnatiladigan displeylar va maʼlumotlarni old oynaga proyeksiyalash. Har ikki loyiha hozircha ishlab chiqish bosqichida boʻlib, yaqin orada seriyali ishlab chiqarishga joriy etish uchun moʻljallanmagan.

Intelligent Display in Glass texnologiyasi LED-elementlarni bevosita oynaning ichiga joylashtirishni nazarda tutadi. Orqa oynada orqadan kelayotgan haydovchilar uchun ogohlantirishlarni, masalan, avariya yoki piyodalar oʻtish joyi belgilarini koʻrsatish mumkin boʻladi. Yon oynalarda esa avtomobil egasiga moʻljallangan xabarlarni, jumladan, batareya quvvati darajasini yoki mashinadan tushganidan keyin «xayr» yozuvini aks ettirish ham mumkin.

Orqa oyna kabi katta yuzalar uchun kompaniya Mini LED texnologiyasini koʻrib chiqmoqda. Aniqligi yuqoriroq boʻlgan Micro LED elementlaridan kichikroq qismlarda animatsiyalar namoyish etish uchun foydalanish mumkin. Tasvir aks ettirilmayotganda oynaga laminatsiya qilingan elementlar deyarli sezilmaydigan boʻlib qolishi kerak.

Ikkinchi tizim old panelga oʻrnatilgan proyektor va old oynadagi maxsus shaffof plyonkadan foydalanadi. Tasvir faqat muayyan burchaklardan koʻrinadi: yoʻlovchi film tomosha qilayotgan paytda haydovchi navigatsiya maʼlumotlarini koʻradi va aksincha. Boshqa variantlar sifatida yoʻl haqidagi maʼlumotlar hamda yaqin atrofda joylashgan obyektlar toʻgʻrisidagi axborot koʻrib chiqilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media