Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Yangi KGM Rexton anons qilindi — u Chery bilan bir oiladan

KGM yangi Rextonʼning ilk tizerlarini koʻrsatib, uning PHEV gibrid versiyasini eʼlon qildi. Koreyada krossover savdosi 2027 yil yanvarida boshlanadi.

23-noyabr, 16:36По-русски

Read in English

kolesa.ru

KGM Chery bilan hamkorlik doirasida yaratilgan SE-10 seriyali modelining nomini oshkor qildi. Avtomobil KGM Rexton PHEV deb ataladi va quvvatlanadigan gibridga aylanadi. Yangi Rextonʼning oddiy versiyasi ham eʼlon qilingan, biroq uning texnik xususiyatlari hozircha ochiqlanmagan.

Ishlab chiqaruvchi avtomobilning oʻlchamlari, platformasi va kuch qurilmasi parametrlarini maʼlum qilmadi. Janubiy Koreyaning ixtisoslashgan OAVlari model Chery Tiggo 9 foydalanadigan T2X arxitekturasi asosida yaratilgan deb taxmin qilmoqda. Agar bu maʼlumot tasdiqlansa, uchinchi avlod Rexton ramali konstruksiyadan voz kechib, yuk koʻtaruvchi kuzovga ega krossoverga aylanadi.

Yangi model massiv bamperlar, boʻrtma kapot, oldingi LED paneli va vertikal orqa chiroqlarga ega mustaqil dizayn bilan chiqadi. Tashqi koʻrinishda 2023 yilda taqdim etilgan KGM F100 konseptining taʼsiri seziladi. Avtomobil saloni hozircha namoyish etilmadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Janubiy Koreya OAVlari gibrid tizim 1,5 litrli benzinli turbomotor bilan jihozlanishi mumkin deb hisoblamoqda. Bunday kuch qurilmasiga ega Chery Tiggo 9’ning eksport versiyalarida oldingi va toʻliq yuritma variantlari koʻzda tutilgan, biroq KGM bu maʼlumotlarni tasdiqlamadi.

Koreyada KGM Rexton PHEV savdosi 2027 yil yanvarida boshlanishi kerak. Kompaniya model haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni joriy yil dekabrida oshkor qilishni vaʼda qilmoqda. Ikkinchi avlodning hozirgi ramali Rexton modeli 2017 yildan beri ishlab chiqarilmoqda, biroq Koreyada u allaqachon isteʼmolchilar uchun moʻljallangan saytdan olib tashlangan; eksport bozorlarida esa model hozircha saqlanib qolmoqda.