Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Chery Tiggo 2 Latin NCAPʼning soʻnggi xavfsizlik sinovida nol yulduzli baho oldi

2026-yilgi yangilangan protokol boʻyicha model kattalar va bolalarni himoya qilish uchun 0 foiz natija koʻrsatdi, yongʻin chiqishi xavfi aniqlandi

31-oktabr, 13:46По-русски

Read in English

Latin NCAP / carnewschina.com

Xavfsizlik sinovi kuzov va oyoqlar joylashadigan qismning frontal toʻqnashuvdagi beqarorligini koʻrsatdi. Haydovchining koʻkrak qafasiga yuqori darajada yuklama tushgan, bazaviy komplektatsiyada esa boshni yon tomondan himoyalash tizimi yoʻq; orqa oʻrindiqlar oldindan taranglagichlar va yuklamani cheklagichlar bilan jihozlanmagan.

Chery Tiggo 2’ning standart jihozlariga toʻrtta xavfsizlik yostigʻi va ESC elektron barqarorlikni nazorat qilish tizimi kiradi. Model piyodalarni himoya qilish boʻyicha 49 foiz, faol xavfsizlik tizimlari boʻyicha esa 45 foiz natija qayd etdi, bunda ADAS tizimlari koʻzda tutilmagan. Model Meksikada Tiggo 2 Pro va Tiggo 2 Pro Max, Chery Tiggo 2 nomlari ostida ham sotiladi.

Latin NCAP bosh kotibi Alejandro Furasning aytishicha, bu natija Cheryʼning ommabop segmentdagi xavfsizlik darajasi pastligiga eʼtibor qaratdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media