
Leapmotor B10 Design LR elektr krossoveri Avstraliyaning Amber Electric V2G dasturiga qoʻshildi. Tegishli shartlarga rioya qilinganda, egalari batareya quvvatini uyga yoki elektr tarmogʻiga yoʻnaltirishlari mumkin.

Xpeng Iron robotlarini 2027 yilning II choragida sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Kompaniya raisining oʻrinbosari Brayan Gu soʻzlariga koʻra, narx oʻrtacha elektromobil qiymatiga teng boʻlishi mumkin.

Porsche qalinligi oʻzgaradigan rulni tasvirladi: u avtomatik yoki qoʻlda yoʻgʻonlashishi, uzatma almashtirish kurakchalari esa tashqariga chiqishi mumkin.

Kompaniya aqlli haydash uchun NWM 3.0 va salon uchun NOMI 4.0 tizimlarini taqdim etdi. Xitoyda yangilanishlar regulyatorlar maʼqullaganidan keyin tarqatila boshlaydi.

Morph asoschisi va Tesla sobiq muhandisi Tejas Bhakta AI ommaviy ishsizlikka olib kelmay, rasmiy ish oʻrinlari sonini oshiradi, deb hisoblaydi.

San-Fransisko koʻrfazi hududida Lucid Gravity bazasidagi robotaksilar xavfsizlik haydovchisisiz sinovdan oʻtkazilmoqda. Uber orqali yoʻlovchi tashish 2027-yil I choragida boshlanishi rejalashtirilgan.