BYD yurish zaxirasi 850 km gacha boʻlgan uchinchi avlod elektr Tangʻni taqdim etdi
Besh oʻrinli uchinchi avlod elektr Tang 28 200 dollardan boshlanadigan narxlarda uchta orqa gʻildirakdan tortuvchi versiya va qoʻshimcha toʻliq yuritmali variantga ega boʻldi.

BYD krossoverlarning flagman qatorini yangilab, uchinchi avlod Tang sotuvini rasman boshladi. Model 28 200, 31 200 va 33 000 dollarlik uchta orqa gʻildirakdan tortuvchi komplektatsiyada taqdim etiladi — bu avval eʼlon qilingan oldindan sotuv narxlaridan ancha past.
Orqa gʻildirakdan tortuvchi barcha versiyalar 300 kVt quvvatli elektromotor bilan jihozlangan. Ularning CLTC sikli boʻyicha yurish zaxirasi 730 yoki 850 kmni tashkil etadi. Eng qimmat komplektatsiya uchun toʻliq yuritma va simlar orqali boshqarish tizimiga ega paket taklif qilinadi; buning uchun qoʻshimcha toʻlov 3 000 dollarni tashkil etadi. Ikki motorli qurilma 515 kVt quvvat ishlab chiqaradi, avtomobilni 100 km/soat tezlikka 4,3 soniyada olib chiqadi va CLTC boʻyicha 770 km yurish zaxirasini taʼminlaydi.
Tang rul boshqaruvi va tormozlarni simlar orqali boshqarishni birlashtirgan yangi BYD raqamli shassisiga ega ilk model boʻldi. Kompaniya bayonotiga koʻra, rul bilan gʻildiraklar oʻrtasidagi mexanik aloqa yoʻqligi reaksiya tezligini 25 foizdan koʻproqqa oshiradi. Jihozlar qatoriga, shuningdek, ikkinchi avlod Blade batareyasi, tezkor quvvatlash texnologiyasi, ikkita havo kamerali DiSus-A pnevmatik osmasi va orqa gʻildiraklarni burish tizimi kiradi.
Salonda integratsiyalangan displey va panoramali ekrandan iborat majmua oʻrnatilgan. Toʻrtta asosiy oʻrindiq ventilyatsiya, isitish va oʻnta zonali massaj funksiyalariga ega. Model, shuningdek, lidar, shaharda navigatsiya va aqlli toʻxtash funksiyalariga ega Godʼs Eye B haydovchiga yordam berish tizimi bilan jihozlangan. Standart jihozlar qatoriga 11 ta xavfsizlik yostigʻi va yuqori tezlikda shina yorilganda avtomobilni barqarorlashtirish tizimi kiradi.
Besh oʻrinli Tang iyun oyida taqdim etilgan yetti oʻrinli Da Tangʻga qoʻshiladi. Ular birgalikda besh va yetti oʻrinli katta oilaviy avtomobillar uchun moʻljallangan Dynasty oilasining ikkita flagman modelini tashkil etadi.
Yana oʻqing

Mazda CX-90 krossoveri AutoExeʼdan sportcha takomillashtirishlarga ega boʻldi
Yangiliklar11:06
Yangilangan Lexus NX Yaponiyada sotuvga chiqishga yaqinlashmoqda, narxlari maʼlum
Yangiliklar10:57


