Mazda CX-90 krossoveri AutoExeʼdan sportcha takomillashtirishlarga ega boʻldi
Yaponiyaning AutoExe kompaniyasi Mazda CX-90 uchun takomillashtirishlar katalogini kengaytirdi. Dasturga sport osmasi, sozlanadigan stabilizator tortqisi, glushitel va havo filtri kiritildi.

AutoExe toʻliq oʻlchamli Mazda CX-90 krossoveri uchun asosan uning yoʻldagi xatti-harakatini oʻzgartiradigan komponentlar paketini taqdim etdi. Dastur tarkibidan osma qismlari, sport chiqarish tizimi va havo oqimini yaxshilashga moʻljallangan filtr joy oldi.
Sport prujinalari va amortizatorlari toʻplami yoʻl klirensini biroz kamaytirib, avtomobilning ogʻirlik markazini pasaytiradi. Ishlab chiquvchilarning taʼkidlashicha, osma oʻrnatilgandan keyin qulaylik zavoddagi darajaga yaqin boʻlib qoladi, ayrim koʻrsatkichlar boʻyicha esa undan ustun boʻlishi mumkin. Koʻndalang barqarorlik stabilizatorining sozlanadigan tortqisi bilan birga bu elementlar burilishlarda CX-90 harakatini yanada yigʻiqroq qilishi kerak.
Umumiy foydalanishdagi yoʻllar uchun sport osmasi toʻplami 1412 dollar, sozlanadigan stabilizator tortqisi esa 95 dollar turadi. Dasturdagi yana bir detal — AutoExe sport glushiteli. U takomillashtirilgan orqa bamper bilan birga oʻrnatiladi va CX-90’ning 3,3 litrli dvigateli tovushini yanada ifodaliroq qiladi.
Katalogga yuqori unumli panel turidagi havo filtri ham kiritildi. U dvigatelga havo kirishini yaxshilashi kerak, zavodda oʻrnatilgan elementni yangisiga almashtirish esa 60 dollar turadi.
Yana oʻqing

Yangilangan Lexus NX Yaponiyada sotuvga chiqishga yaqinlashmoqda, narxlari maʼlum
Yangiliklar10:57
Nio Onvo 27 noyabrda Guanchjou avtosalonida yangilangan L60 Black Knightʼni namoyish etadi
Yangiliklar26-noyabr, 16:55


