Toyota asfaltga deyarli tegadigan ekstremal Hilux Hyper Zʼni koʻrsatdi
Konsept Tailandda taqdim etildi. Toyota seriyali ishlab chiqarish haqida eʼlon qilmadi, biroq pikap vaqt oʻtishi bilan poyga trassalariga chiqishi mumkin.

Hilux Hyper Z konsepti radikal qayta ishlangan kuzov va ekstremal darajada pasaytirilgan osmaga ega boʻldi. Shu sababli pikap yoʻl qoplamasiga deyarli tegadi, biroq yon tomondan odatiy Hilux uslubini saqlab qoladi.
Muhandislar kengaytirilgan gʻildirak arkalarini, rivojlangan splitterga ega yirik old bamperni va kapotdagi chuqur havo kirish kanalini oʻrnatdi. Yuk platformasi odatiy vazifasidan mahrum qilinib, havo kanallariga ega aerodinamik elementga aylantirildi. Orqa eshik ustiga katta antikrylo oʻrnatildi.
Osma sport amortizatorlari yordamida qoʻshimcha moslashtirildi. Salonda ralli avtomobili ruliga oʻxshatib ishlangan rul paydo boʻldi. Kuch qurilmasining texnik xususiyatlari va konseptning mexanik qismiga oid boshqa maʼlumotlar oshkor etilmadi.
Yana oʻqing

Mazda CX-90 krossoveri AutoExeʼdan sportcha takomillashtirishlarga ega boʻldi
Yangiliklar11:06
Yangilangan Lexus NX Yaponiyada sotuvga chiqishga yaqinlashmoqda, narxlari maʼlum
Yangiliklar10:57


