Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Toyota tarixdagi eng kuchli GRMN Corolla uchun oldindan buyurtmalarni ochdi

Toyota Yaponiyada 304 ot kuchiga ega GRMN Corolla uchun oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshladi. Model cheklangan seriyada ishlab chiqariladi, xaridorlar esa tanlov asosida saralab olinadi.

13-noyabr, 10:03По-русски

Read in English

5koleso.ru

Yangilik Gazoo Racing boʻlinmasi tomonidan oddiy GR versiyasi bazasida ishlab chiqilgan. Toyota jami 730 ta avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, shundan 190 tasi Yaponiya bozori uchun moʻljallangan. Mamlakatda xetchbekka faqat maxsus ilova orqali buyurtma berish mumkin.

GRMN Corollaʼning Yaponiyadagi narxi 9,8 mln iyenni, joriy kurs boʻyicha esa taxminan 64 ming dollarni tashkil etadi. Biroq bu mablagʻga ega boʻlish avtomobilni sotib olishni kafolatlamaydi: kompaniya tanlov asosida saralash oʻtkazadi va nomzodlarni bir nechta mezon, jumladan, oʻzining ichki standartlari boʻyicha baholaydi.

Avtomobilning orqa oʻrindiqlar qatori olib tashlangan. Uning oʻrniga kuzovning bikrligini oshiradigan va avtomobil massasini 1450 kg gacha kamaytirishga yordam beradigan kuchaytiruvchi toʻsin oʻrnatilgan. Xetchbek takomillashtirilgan turbomotor, mexanik uzatmalar qutisi va qayta sozlangan toʻliq yuritmaga ega boʻldi. Kuch qurilmasining aylantiruvchi momenti 415 Nm gacha oshirildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Uzoq davom etadigan yuklamalar vaqtida quvvatni saqlab qolish uchun muhandislar interkuler purkagichi va qoʻshimcha subradiator qoʻshdilar. Konstruktsiyada poyga avtomobillaridan oʻzlashtirilgan yechimlar — monotubali amortizatorlar va ichki siqilish cheklagichlariga ega prujinalar ham qoʻllangan.

Tashqi koʻrinishida GRMN Corolla yangi aerodinamik elementlari, jumladan, old qanotlari, oʻzgartirilgan kapoti, yon splitterlari va hujum burchagini sozlash imkoniga ega yirik antikrylosi bilan ajralib turadi. Salonida chelak tipidagi oʻrindiqlar oʻrnatilgan.