Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Chery arzon elektr krossoverini taqdim etdi: Tiggo E7 fotosuratlari va xususiyatlari

Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi Chery Tiggo E7 — quvvati 242 ot kuchigacha boʻlgan elektr krossoverining sertifikatlash hujjatlarini eʼlon qildi. Yurish zaxirasi haqidagi maʼlumotlar hozircha ochiqlanmagan.

26-noyabr, 16:50По-русски

Read in English

5koleso.ru

Hujjatlarda yangi krossoverning asosiy parametrlari ochib berilgan. Chery Tiggo E7 faqat elektr kuch qurilmasi va bitta elektromotor bilan ishlab chiqariladi. Modelning maksimal tezligi 180 km/soatni tashkil etadi.

Avtomobil uzunligi 4 600 mm, gʻildirak bazasi esa 2 700 mm. Oʻlchamlari jihatidan Tiggo E7 Tiggo 7 oilasining eng yirik vakiliga aylanadi. Krossover anʼanaviy eshik tutqichlari va 18 dyuymli gʻildirak disklari bilan jihozlanadi.

Model uchun akkumulyatorni Cheryʼning shoʻba kompaniyasi ishlab chiqqan, biroq uning sigʻimi va yurish zaxirasi hozircha eʼlon qilinmagan. Nashrda elektromobil Fulwin T7’da qoʻllanadigan akkumulyatorning oʻzidan foydalanishi mumkinligi taxmin qilingan, ammo bu rasman tasdiqlanmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Tiggo E7 tomida lidar koʻzga tashlanadi. Ehtimol, u eng qimmat versiyalarga oʻrnatiladi. Ushbu uskuna avtonom boshqaruv funksiyalari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, biroq uning xususiyatlari hozircha nomaʼlum.

Krossover jihozlaridan, taxminlarga koʻra, ikkita ekran, haydovchi oʻrindigʻi massaj funksiyasi, old oʻrindiqlarni isitish, ikki zonali iqlim nazorati va adaptiv kruiz-kontrol oʻrin oladi. Shuningdek, qatorda ushlab turish yordamchisi, atrofni koʻrsatuvchi kameralar va favqulodda tormozlash tizimi ham kutilmoqda.