Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yangiliklar

Band qilingan quvvatlash qurilmasi uchun jarima: BYD haydovchiga 45 dollar jarima soldi

Xitoyda haydovchi quvvatlashdan keyin avtomobilini ulangan holda qoldirgani uchun BYD unga 45 dollar jarima soldi. Bekor turish haqi 15 daqiqadan keyin hisoblanishni boshlaydi — daqiqasiga 0,45 dollar.

24-noyabr, 19:37По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, BYD Flash Charger stansiyalarida bekor turish haqini ilk bor joriy qildi. Haydovchi avtomobilini qariyb ikki soat ulangan holda qoldirgach, unga bir sutkalik maksimal yigʻim — 45 dollar hisoblandi.

Tarif daqiqasiga 0,45 dollarni tashkil etadi va quvvatlash yakunlanganidan 15 daqiqa oʻtib amal qila boshlaydi. Quvvatlash seansining oʻzi haydovchiga 3 dollarga tushgan. U ijtimoiy tarmoqlarda toʻlov operatsiyasi skrinshotini hamda BYDʼning toʻlov hisoblangani haqidagi xabarini eʼlon qilib, kompaniya harakatlarini aqldan ozganlik deb atadi.

Quvvati 1,5 megavattgacha boʻlgan Flash Charger stansiyalari mos keladigan elektromobillarni 10 foizdan 97 foizgacha 9 daqiqada, 10 foizdan 70 foizgacha esa 5 daqiqada quvvatlaydi. BYD yil oxirigacha Xitoydagi bunday stansiyalar sonini 20 000 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Avvalroq kompaniya butun dunyo boʻylab 6 000 ta stansiya qurish rejasini ham eʼlon qilgan; ularda ham bekor turish haqi joriy etilishi kutilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Raqobatchilarda bu toʻlovlar pastroq. Nio 15 daqiqalik imtiyozli davrdan keyin daqiqasiga 0,75 dollar oladi, maksimal summa esa 7,5 dollarni tashkil etadi. StarCharge ham xuddi shunday daqiqalik tarifni qoʻllaydi, biroq toʻlov hisoblanmaydigan 10 daqiqa beradi va yigʻimni 12 dollar bilan cheklaydi.

Yirik shaharlardan tashqarida Xitoydagi tezkor quvvatlash stansiyalarida bir kilovatt-soat elektr energiyasi 0,15–0,23 dollar turadi. Operatorlar ilovalardagi reklama va «bir marta quvvatlash uchun sugʻurta» xizmatidan ham qoʻshimcha daromad oladi.